Oʻzbekiston iqtisodiyotidagi islohotlar iqtisodiyotning turli tarmoqlarida turli muvaffaqiyatlar bilan davom etmoqda, deya xabar beradi Fitch Ratings yangi hisobotida.

Tahlilchilar 2017-yilda valyuta kursini liberallashtirishdan boshlab, soʻnggi yillarda respublika iqtisodiyoti va siyosatida jiddiy oʻzgarishlar yuz berganini qayd etdi. Biroq bu ham muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Valyuta kursining moslashuvchanligi iqtisodiyot uchun foydalidir. Ammo tashqi qarzlarning oʻsishi bilan bu stavkalardagi farq tufayli risklarni yuzaga keltiradi, deb taʼkidlaydi Fitch.

Davlat tomonidan moliyalashtirishdan bozorga asoslangan mablagʻ manbalariga oʻtish tarmoqlarda ham, alohida korxonalarda ham turlicha amalga oshirilmoqda. Banklar, shuningdek, bir qancha nomoliyaviy kompaniyalar bu yoʻnalishda eng koʻp yutuqlarga erishdilar.

Agentlik ekspertlarining taʼkidlashicha, Oʻzbekistonning past qarz yuki islohotlar jarayoniga yordam bergan. Biroq qarzning tez oʻsishi ham xavf omili boʻlishi mumkin.

Islohotlarning asosiy maqsadlaridan biri yuqori oʻsish surʼatlariga erishish — xususan, elektr energiyasi ishlab chiqarish va iqtisodiyotning boshqa muhim tarmoqlariga investitsiyalarni koʻpaytirishdir. Ushbu oʻsish boshqa tarmoqlarning rivojlanishiga yordam berishi mumkin.

“Biroq kreditlar hisobiga yuqori oʻsish ham xavf-xatarlarga olib kelishi mumkin, masalan, aktivlar sifatining pasayishi va banklarning tashqi moliyalashtirishga bogʻliqligi oshishi”, — ogohlantiradi agentlik.

Boshqaruv sifati Oʻzbekiston uchun asosiy zaif tomonlardan biridir. Institutsional barqarorlikni, shaffoflikni va xalqaro hisobot standartlariga rioya qilishni rivojlantirish mahalliy biznes uchun asosiy muammo boʻlib qolmoqda.

Normativ muhit bozor mexanizmlari uchun koʻproq joyga qarab rivojlanmoqda. Biroq oʻzgarishlarning surʼati va talab qilinadigan vaqt ijtimoiy va siyosiy omillarga bogʻliq, deyiladi hisobotda.

Avvalroq Spot Fitch pandemiya va emlashning past koʻrsatkichini Oʻzbekiston uchun eng katta iqtisodiy xavflardan biri deb hisoblagani haqida xabar bergan edi.