Qozogʻistondagi tartibsizliklar oqibatida mamlakat biznesiga yetkazilgan zarar 87,2 mlrd tenge ($198 mln ga yaqin)ni tashkil etdi. Bu haqda Interfaks yozmoqda.

Xabarda aytilishicha, bundan 85,8 mlrd tenge birgina Olmaota hissasiga toʻgʻri keladi.

7-yanvar holatiga mamlakatning oʻn regionida 848 ta biznes subyekti va 1021 ta obyekt zarar koʻrgani aniqlangan, jumladan, Olmaotada 789 ta subyekt va 950 ta obyektga zarar yetkazilgan, bu raqamlar esa yanada oshishi mumkin.

Avvalroq Qozogʻistondagi voqealar fonida bitkoin kursi keskin tushib ketgan edi.