Oldinroq Spot, soliq mobil ilovasi orqali sarflangan summaning 1% miqdorini keshbek orqali qaytarib olish mumkinligi haqida xabar bergan edi.
Bu xizmatdan qanday foydalanish to’g’risida ko’rsatma tayyorlandi.
1 - qadam
Google Play orqali Soliq mobil ilovasi yuklab olinadi.
2 — qadam
Ommaviy ofertani qabul qilish va telefon raqamini ro’yxatdan o’tkazish orqali avtorizatsiya qilinadi.
3 — qadam
Foydalaniladigan karta raqami qo’shiladi va ilovadan skaner qilish funksiyasi orqali cheklar ro’yxatdan o’tkaziladi.
Cheklar qatoriga chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarida amalga oshirilgan xarid uchun berilgan onlayn nazorat-kassa texnikasi cheklari kiradi.
E’tibor qaratilishi kerak bo’lgan jihat shundaki, mobil ilova orqali faqatgina onlayn-kassa orqali olinadigan va Qr- kodga ega bo’lgan cheklar ro’yxatdan o’tadi. Plastik karta cheklari bundan mustasno.
Foto: Onlayn kassa orqali olingan chek
Mablag‘ jismoniy shaxslarning bank kartalariga oy yakuni bilan qaytariladi.
Maʼlumot uchun, avtomobil sotib olganlik, temir yo‘l va avia chipta xaridi, kommunal va aloqa xizmati uchun to‘lovlar amalga oshirilganda olingan xarid cheklari uchun keshbek qaytarilmaydi.
Har bir chekni faqatgina bir marta ro’yxatdan o’tkazish mumkin. 1-yanvardan oldingi cheklar hisobga olinmaydi.
QR-kod nima, undan qanday foydalanish haqda mana bu yerda tanishishingiz mumkin.