Kriptoinvestorlar orasida eng badavlat odam dunyodagi yetakchi blokcheyn ekotizimining va kriptovalyuta birjasi Binance asoschisi Chanpen Chjao deya e’lon qilindi.

Bloomberg agentligi uning boyligini $96 mlrdga baholadi. Bu o’z reytingida birinchi o’rindir.

Nashrning xabar berishicha, hisoblangan summa xato bo’lishi, Chanpen bundanda ko’proq mablag’ga ega bo’lishi mumkinligini aytib o’tdi.

Chunki uning shaxsiy kripto aktivlari haqida hech qanday ma’lumot yo’q.

Ma’lumot uchun: Chjao shaxsiy tokeni “Binance” ga egalik qiladi. Token 2021- yilda taxminan 1300 foizga oshdi.

Hozirgi hisob-kitoblar Chjaoni Berkshire Hathaway rahbari Uorren Baffet ($116 mlrd) va Meta bosh direktori Mark Sukerberg ($124 mlrd)ga yaqinlashib qolganini ko’rsatadi.

Bloomberg’ning kriptovalyuta reytinglari orasida Bitcoin yaratuvchisi Satoshi Nakamoto ($45,8 mlrd), FTX token almashish platformasi rahbari Sem Bankman-Freed ($15,4 mlrd) va Coinbase asoschisi Brayan Armstrong ($8,93 mlrd) ham bor.

Qayd etilishicha, yaqin vaqtgacha kripto-biznesmenlar milliarderlarning jahon reytingida kamdan-kam paydo bo‘lgan. Biroq, vaziyat o’zgarmoqda: bozorni baholash osonlashmoqda va ko’plab birjalar tobora ko’proq investorlarni jalb qilmoqda.

Bloomberg tahliliga ko’ra, Binance daromadi 2021-yilda kamida $20 mlrdga yetgan, bu Wall Street ekspertlari kutganidan deyarli uch baravar ko’pdir. Chjaoning o‘zi izoh berishdan bosh tortdi, biroq Binance ta’sischining boyligi va kompaniya daromadi haqidagi taxminlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytdi.

Avvalroq, kriptovalyuta bozori kapitalizatsiyasi $3 trlndan oshganligi haqida xabar berilgan edi.