Bugungi kunda Oʻzbekistonda internet xizmatidan foydalanuvchilar soni 27,2 mln dan oshgan, shundan mobil internet foydalanuvchilari soni 25,3 mln kishini tashkil etmoqda. Bu haqda “kun.uz” xabar bermoqda.
Taʼkidlanishicha, joriy yilda Buxoro, Fargʻona va Toshkent viloyatlarida yirik maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlari (data center) quriladi.
Bundan tashqari, 2022-yilda telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishning quyidagi asosiy maqsadli koʻrsatkichlari belgilandi:
- xalqaro maʼlumotlar uzatish kanalining oʻtkazuvchanlik qobiliyati 3,5 marotaba oshiriladi;
- 150 ming km optik tolali aloqa liniyalari qurilishi hisobiga maʼlumotlar uzatish tarmogʻi kengaytiriladi;
- xalqaro va davlat ahamiyatiga molik avtomobil yoʻllarini mobil aloqa tarmoqlari bilan toʻliq qamrab olish taʼminlanadi;
- optik tolali aloqa liniyalari barcha aholi punktlariga yetkazilib, uy xoʻjaliklarining kamida 80 foizi Internetga keng polosali simli ulanish imkoniyati bilan taʼminlanadi.
Shuningdek, taʼlim tashkilotlari, sogʻliqni saqlash muassasalari va boshqa davlat tashkilotlarini kamida 100 Megabit/s oʻtkazuvchanlik qobiliyati ega boʻladi.