Davlat statistika qoʻmitasining xabariga koʻra, 2021-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston xorijdan 27,6 ming tonna goʻsht import qilgan.
Goʻsht importi 2020-yilning mos davri bilan solishtirilganda 8,4 ming tonnaga oshgan.
2021-yilning 11 oyida Oʻzbekiston eng koʻp goʻsht import qilgan davlatlar:
- Belarus — 18,7 ming tonna;
- Qozogʻiston — 4,2 ming tonna;
- Ukraina — 2,6 ming tonna;
- Rossiya — 629 tonna;
- Moldova — 660 tonna.
Oʻzbekistonda 2021-yilning 9 oyida 1,9 mln tonna goʻsht yetishtirilgan.
Avvalroq Spot goʻsht mahsulotlari uchun QQS imtiyoz davri uzaytirilganligi haqida xabar bergan edi.