Alisher Usmonovning USM Holdings kompaniyasi qoshidagi “Телекоминвест” “Kapitalbank"ning qoʻshimcha aksiya paketlarini sotib oldi, bu haqda birja xabarida aytiladi.
10-yanvar kungi birja savdolarida Rossiya kompaniyasi bankning 32,98 mln dona aksiyasini yoki ustav kapitalining 8,33%ini sotib oldi. Endi u “Kapitalbank"ning 25% ulushiga ega.
“Телекоминвест” oʻtgan yilning noyabr oyi oxirida bank aksiyadorlari roʻyxatiga kirib, oʻzi tomonidan chiqarilgan 215 mlrd soʻmga qoʻshimcha 65,9 mln dona qimmatli qogʻozlarni sotib oldi. Shundan soʻng Usmonov tuzilmasi uning 16,6% aksiyasiga egalik qilgan.
Bungacha oktyabr oyida Oybek Tursunov oʻzida mavjud boʻlgan 52,43 mln aksiyadan tashqari “Kapitalbank"ning 112,49 mln dona aksiyasini ham sotib olgan edi. Oʻshanda uning ulushi 50% ni tashkil etgan boʻlsa, bankning “Телекоминвест” bilan kelishuvidan soʻng u 41,6% ga tushib ketdi.
Dekabr oyi oxirida “Kapitalbank” oʻz qimmatli qogʻozlarini egalaridan har bir aksiya uchun $0,30 dan qaytarib sotib olishini eʼlon qildi. Sotib olish jarayoni 5-yanvarda boshlangan.
“Kapitalbank” bank sohasida yetakchi oʻrinlarni egallab, 2020-yil iyul oyidan boshlab bank faoliyatining CEIR indeksida birinchi oʻrinni saqlab kelmoqda.
Shuningdek, u elektron toʻlovlar sektorini rivojlantirishda ishtirok etadi. Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan 10 ta elektron pul tizimidan toʻrttasi uning ishtirokida ishga tushirildi: Wooppay 2020-yildan, Interpay, A-pay va QIWI Uzbekistan 2021-yildan beri ishlaydi.