General Motors eski avtomobillarni sotish boʻyicha xizmatni yoʻlga qoʻyadi, deya xabar bermoqda “vc.ru”.

Kompaniya CarBravo xizmatini 2022-yilning bahorida ishga tushiradi. Oʻshanda avtomobillarni ham onlayn, ham dilerlik doʻkonlarida sotib olish mumkin boʻladi.

Platforma General Motors avtomobillari, shuningdek, boshqa ishlab chiqaruvchilarning avtomobillari uchun ham ishlaydi.

Kompaniya Chevrolet, Buick va GMC uchun dilerlik markazlarini roʻyxatdan oʻtkazishni boshladi va ularning aksariyatini loyihaga qoʻshilishlarini kutmoqda. WSJning qayd etishicha, Cadillac brendi eski avtomobillar savdosi boʻyicha oʻz saytini ishlab chiqadi.

General Motors yangi xizmatni eski avtomobillar platformasi CarMax, Carvana onlayn xizmati va boshqalar bilan raqobatlashishini kutmoqda. Kompaniya shuningdek, General Motors dilerlik markazlarida 400 mingga yaqin avtomobil borligini, bu esa mavjud raqobatchilardan koʻp ekanligini aytdi.