Qonun loyihasiga koʻra, bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga (byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamgʻarmasi (kapitali)da davlat ulushi 50% va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar bundan mustasno) — har bir xodim uchun 6 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida subsidiya berilishi koʻzda tutilmoqda.
Shuningdek, 2022-yil 1-iyuldan boshlab Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiy faolligini oshirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash bilan shugʻullanuvchi nodavlat notijorat tashkilotlariga bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida ijtimoiy buyurtma beriladi.
Qayd etilishicha, qaror loyihasining qabul qilinishi natijasida davlat byudjetidan qoʻshimcha jami 7,1 mlrd soʻm sarflanadi.