Davlat statistika qoʻmitasining xabariga koʻra, 2021-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston 12 ta xorijiy davlatlardan qiymati $13 mln ga teng boʻlgan 23,2 ming tonna shakar import qilgan.
2021-yilning oʻtgan 11 oyida Oʻzbekiston eng koʻp shakar import qilgan davlatlar orasida Rossiya (5,3 ming tonna) va Ozarbayjon (4,6 ming tonna) yetakchilik qilmoqda.
Shuningdek, shakar import qilingan qolgan davlatlar quyidagicha:
- Polsha — 3,7 ming tonna;
- Ukraina — 3,4 ming tonna;
- Qozogʻiston — 1,5 ming tonna.
Biroq qayd etilishicha, shakar importi 2020-yilning mos davri bilan solishtirilganda 10,5 ming tonnaga kamaygan.
Avvalroq Spot Oʻzbekistonda goʻsht importi oshganligi haqida yozgan edi.