Jek Dorsi bitkoin ishlab chiquvchilariga bitkoin huquqiy mudofaa jamgʻarmasi kengashining tashkil etilishi eʼlon qilingan axborot byulletenini yubordi, deya xabar bermoqda “vc.ru”. Jamgʻarma kengashi tarkibiga Chaincode Labs asoschilaridan biri Aleks Morkos va olim Martin Uayt ham kiradi.
Dorsi, bitkoin ishlab chiquvchilari “ayniqsa, huquqiy bosimga moyil” deb hisoblaydi, ammo yetarli huquqiy yordamga ega emaslar.
Jamgʻarma ishlab chiquvchilarga advokatlarni topish va yollash, ularni sudda himoya qilish strategiyalarini ishlab chiqish va toʻlovlarni toʻlashda yordam beradi.
Dasturchilar jamgʻarma xizmatlaridan bepul foydalanishlari mumkin boʻladi. Bitkoin Huquqiy Mudofaa Jamgʻarmasida koʻngillilar va ayrim yuristlar ishlaydi. Jamgʻarma aynan kimga yordam beradi, uni kengashi qaror qiladi.
Avvalo, fond oʻzini bitkoin yaratuvchilardan biri deb ataydigan Kreyg Rayt sudga daʼvo qilgan 16 ta Bitcoin Core ishlab chiquvchisini qoʻllab-quvvatlashni rejalashtirmoqda. 2021-yil fevral oyida u ikkita hamyonga kirish huquqini qaytarishni talab qildi, boisi ular xakerlar tomonidan buzilgan va Raytning kompyuteridagi kirish kalitlari oʻchirib tashlangandi.
Avvalroq Spot Qozogʻistondagi inqiroz fonida bitkoin kursi keskin tushib ketganligi haqida yozgan edi.