Birja maʼlumotlariga koʻra, “QaratawSawdaBazasi” MChJ “Noʻkis vinzavodi” aksiyalarining nazorat paketini sotib olgan.

Bitim 11-yanvar kuni amalga oshirilgan. Xaridor vino zavodining 1 784 970 dona aksiyasini 17,5 mlrd soʻmga sotib oldi. Bitta aksiyaning narxi 9805 soʻmni tashkil etdi.

7-yanvar kuni Nukus vino zavodining 51% ulushi birja savdolariga qoʻyildi, bir vaqtning oʻzida ular birja kotirovka roʻyxatiga kiritildi. Bungacha korxonaning nazorat paketini 2021-yil iyun oyida sotuvga qoʻyilgan edi.

“Noʻkis vinozavodi” strategik korxona boʻlib, Nukus byudjetining salmoqli qismini tashkil etadi. Zavod mamlakatdagi eng mashhurlaridan biri boʻlgan Karatau arogʻini ishlab chiqaradi.

Ishlab chiqarish quvvatlari yiliga 1,1 mln dekalitrdan ortiq alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi. 2020-yilda ularning yuklanishi 85% ni tashkil etdi. Korxonada 170 dan ortiq kishi ishlaydi.

Mahsulotning asosiy qismi ichki bozorga, 90% gacha mahsulot Qoraqalpogʻistonga yoʻnaltiriladi. Daromadlar tarkibida kichik ulush Qozogʻistonga eksportga toʻgʻri keladi.

2020-yildagi daromad $13,9 mln, yalpi foyda $3 mln va sof daromad $1,3 mln ni tashkil etdi.