“Kapitalbank” bankomatlari ishi vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.
Kompaniya buni texnik ishlarni amalga oshirish bilan izohladi.
“Bankomatlar orqali amalga oshiriladigan barcha operatsiyalar “Kapitalbank"ning barcha filiallarida amalga oshirilishi mumkin”, — deyiladi xabarda.
Bankomatlar oʻrtacha yetti kun davomida bosqichma-bosqich oʻchiriladi. Oʻchirish mart oyining oʻrtalariga qadar davom etadi. Batafsil jadval bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
2021-yil 1-dekabr holatiga koʻra, mamlakatimizdagi barcha bankomatlar va infokiosklarning 25%i “Kapitalbank"ga tegishli, deya xabar beradi Markaziy bank statistik maʼlumotlariga asoslanib.
Mamlakatda ularning jami 12,8 mingtasi bor. “Kapitalbank” 3,2 mingta, “Agrobank” (1894) va “Xalq banki” (1331) katta farq bilan ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni egallab turibdi.
Avvalroq Spot Alisher Usmonovga aloqador kompaniya “Kapitalbank"dagi ulushini 25% ga oshirgani haqida yozgan edi.