Turkiyaning “Aksa Enerji” kompaniyasi tomonidan Toshkent viloyatining Qibray tumanida qurilgan, quvvati 240 MVt boʻlgan bugʻ-gaz elektr stansiyasining ochiq taqsimlash qurilmasiga ilk kuchlanish berilgan edi.
Energetika vazirligining xabar berishicha, mazkur elektr stansiya 14-yanvar kuni soat 11:15 da Oʻzbekistonning yagona elektr tarmogʻiga quvvat uzatishni boshladi.
Ushbu issiqlik elektr stansiyasi yiliga 2,0 mlrd kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
Xabarda aytilishicha, qurilmalarning foydali ish koeffitsiyenti yuqoriligi hisobiga, yiliga 290 mln metr kub tabiiy gaz tejaladi. Tejalgan tabiiy gaz hisobiga qoʻshimcha 1 mlrd kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoni yaratiladi.
Umumiy qiymati $150 mln ga teng boʻlgan mazkur loyiha Turkiyaning “Aksa Enerji” kompaniyasi tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar hisobiga amalga oshirildi.
Eslatib oʻtamiz, mazkur elektr stansiya “Aksa Enerji” kompaniyasi tomonidan respublikamizda ishga tushirilgan ikkinchi IES hisoblanib, birinchisi joriy yilning 11-yanvar kuni Buxoro viloyatida (quvvati 270 MVt) ishga tushirilgan edi.