Nike kompaniyasi xodimlarini 15-yanvardan boshlab xatlar orqali ishdan boʻshatish haqida ogohlantirdi, deb yozadi Business Insider Oregon Live nashriga tayanib.
2021-yil oktyabr oyida Nike yanvarda ofislarga ishlashga qaytish uchun barcha xodimlardan toʻliq emlanishni talab qildi. Baʼzilar Nikeʼning majburlashiga norozilik bildirgani uchun emlanishdan bosh tortdilar.
Dekabr oyida kompaniya Qoʻshma Shtatlarda Covid-19 holatlari sonining koʻpayishi sababli ofislarini ochishni keyinga qoldirdi.
“Omikron shtammi juda yuqumli, uning sogʻliqqa qanday taʼsir qilishini aniqlash uchun koʻproq maʼlumot va vaqt talab etiladi. Mutaxassislar biz ofislarga qaytishni rejalashtirganimizda, holatlar soni keskin koʻpayishini taxmin qilmoqdalar”, — dedi Nike HR direktori Monik Mateson.
Ayni paytda AQSh rasmiylari 100 dan ortiq xodimi boʻlgan kompaniyalarni barcha xodimlarini emlashni talab qiluvchi qonun loyihasini koʻrib chiqmoqda.
Avvalroq Spot SES emlanmagan xodimlar tufayli biznesni yopish amaliyotini toʻxtatganligi haqida xabar bergandi.