“Kapital bozorini qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident qarori (PQ-90-son, 17.01.2022 y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2022- yil 1- apreldan 2024- yil 31- dekabrgacha:
- O‘zbekiston rezidenti va norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslarning aksiyalardan olgan dividendlari daromad solig‘idan ozod qilinadi;
- norezident yuridik shaxslarning aksiyalar bo‘yicha dividendlari uchun foyda solig‘ining 5 foiz stavkasi tatbiq etiladi;
- rezident va norezident jismoniy va yuridik shaxslarning xo‘jalik jamiyatlari obligatsiyalari bo‘yicha daromadlari daromad solig‘i va foyda solig‘idan ozod qilinadi.
Qarorga muqofiq, bir qator aksiyadorlik jamiyatlari birja orqali sotiladi.