Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bir qator aktivlarining xususiylashtirilgani haqida maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, davlat tender komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq quyidagi davlat koʻchmas mulk obyektlarining ommaviy savdo jarayonlari gʻoliblari belgilandi:
- “Poytaxt biznes majmuasi” MChJ mulkiy majmuasi boʻyicha savdolarda “Quadro IH DMCC” (BAA) kompaniyasi 164 mlrd soʻm xarid qiymatini biryoʻla toʻlash hamda taʼmirlash-tiklash ishlari uchun $6 mln dan kam boʻlmagan miqdorda investitsiya kiritish sharti bilan;
- “Malika” savdo va maishiy xizmat koʻrsatish majmuasi boʻyicha savdolarda “Premium Prime Service” MChJ 125 mlrd soʻm xarid qiymatini biryoʻla toʻlash hamda taʼmirlash-tiklash ishlari uchun 100 mlrd soʻm miqdorida investitsiya kiritish va 250ta yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan;
- “Bildirsoy oromgohi” dam olish maskani (Kanat yoʻli bilan birga) boʻyicha savdolarda “Ulkan Mulk” MChJ 107 mlrd soʻm xarid qiymatini biryoʻla toʻlash sharti bilan savdo gʻolibi deb topilgan.
Bundan tashqari, avvalroq Spot xabar berganidek, Qarataw Sawda Bazasi Nukus vino zavodining 51% ulushini 17,5 mlrd soʻmga sotib olgan. Kompaniya-xaridor ham korxonani rivojlantirish uchun bir qator majburiyatlarni oʻz zimmasiga oldi.