Energetika vazirligi 2016−2021-yillar davomida respublikada ishlab chiqarilgan elektr energiyasining oʻsib borish koʻrsatkichlarini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 2016-yilda mamlakatda 59,0 mlrd kVt/soat elektr energiya ishlab chiqarilgan boʻlsa, 2021-yilda ushbu koʻrsatkich 71,3 mlrd kVt/soatni tashkil etgan. Shuningdek:
- 2017-yilda 60,7 mlrd kVt/soat;
- 2018-yilda 62,8 mlrd kVt/soat;
- 2019-yilda 63,6 mlrd kVt/soat;
- 2020-yilda 66,4 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.
Oʻsish koʻrsatkichi 121 foizni tashkil qilgan.
Elektr stansiyalar
Bundan avval Turkiyaning “Aksa Enerji” kompaniyasi tomonidan Toshkent viloyatining Qibray tumanida qurilgan, quvvati 240 MVt boʻlgan bugʻ-gaz elektr stansiyasining ochiq taqsimlash qurilmasiga ilk kuchlanish berilgan edi. 14-yanvardan boshlab esa Oʻzbekistonning yagona elektr tarmogʻiga quvvat uzatishni boshladi.
Shuningdek, ayni shu kompaniya tomonidan Buxoro viloyatining Buxoro tumanida qurilgan, quvvati 270 MVt boʻlgan gaz-porshenli issiqlik elektr stansiyasining ilk qurilmasi ishga tushirilgan. Mazkur elektr stansiya 11-yanvar kuni Oʻzbekistonning yagona elektr tarmogʻiga quvvat uzatishni boshladi.