E’tibor qarating: quyida keltirilgan ma’lumotlar faqatgina tanishtiruv maqsadida taqdim etilgan. Raqamlar individual holatlarda o’zgarishi mumkin.
Kulolchilik ustaxonasi
Boshlang’ich investitsiya: $7000 dan boshlab.
Foydaga chiqish muddati: 1−2 yil.
Narxlar: ustaxonada 1 soatdan 4 soatgacha narxlar 80 mingdan 200 minggacha oshib boradi.
Startap uchun xarajatlar: tandir, kulolchilik dastgohi.
O’ziga xos tomoni: Siz Hunarmand uyushmasida ro’yxatdan o’tishingiz kerak, bu sizga bir qator imtiyozlardan foydalanish imkoniyatini beradi.
Tipografiya
Boshlang’ich investitsiya: $5 500 dan boshlab.
Foydaga chiqish muddati: 1 yil.
Startap uchun xarajatlar: kompyuter, printer, dublikator va boshqalar.
Foyda: oyiga $2000−3000 gacha.
Coworking-markaz
Boshlang’ich investitsiya: 0 dan $200 minggacha.
Foydaga chiqish muddati: 3 yil.
Startap uchun xarajatlar: mebel, texnika, bino ta’miri.
Foyda: oyiga $1000 dan boshlab.
O’ziga xos tomoni: bu rentabelligi past bo’lgan biznes, bu yerda to’g’ridan-to'g'ri foydaga qaraganda ko’proq bilvosita tomonlarni izlash tavsiya etiladi, ular orasida brend tan olinishi, ijobiy ijtimoiy imidj, shuningdek, yangi tanishlar imkoniyati mavjud.
Maxsuslashtirilgan kafe
Boshlang’ich investitsiya: $30 ming.
O’zini-o'zi qoplash davri: 8−9 oy.
Startap uchun xarajatlar: mebel, idishlar, muzlatgich va boshqalar.
Маrja: 50−60%.
Taqinchoqlar do’koni
Boshlang’ich investitsiya: $10400
O’zini-o'zi qoplash davri: 2−3 yil.
Startap uchun xarajatlar: dastlabki xarid, mebel, ta’mirlash ishlari.
Foyda: $2000 dan boshlab.
O’ziga xosliklari: Muvaffaqiyatning asosiy qoidasi — bu urfda bo’lgan mahsulotlarni ayollar, erkaklar va o’rta va katta yoshdagi insonlar uchun to’g’ri tanlay olishdir.
Gullar do’koni
Boshlang’ich investitsiya: $6000
O’zini-o'zi qoplash davri: 1 yil.
Startap uchun xarajatlar: jihozlar, o’ram, bezaklar.
Foyda: $400−1000.
О’ziga xosliklari: gul berish madaniyati o’zgarganligi tufayli, ularni taqdim etish ham ko’paydi. Asosiy qiyinchilik — yetkazib beruvchilar o’rtasida raqobatning yo’qligi. Bundan tashqari, ushbu yo’nalishning o’ziga xosligi — mavsumiylik, gullarning cheklangan saqlov muddati muddati, yuqori raqobatdir.
Fudtrak
Boshlang’ich investitsiya: $15−20 ming.
O’zini-o'zi qoplash davri: 2 yildan boshlab.
Startap uchun xarajatlar: furgon, kofemashina, muzlatgich, bir martalik idishlar.
Aylanma: 15−60 mln so’mgacha.
О’ziga xosliklari: Foodtruckning dizayni va tashqi ko’rinishi muvaffaqqiyat garovidir. Joyni tanlashda, yaqin atrofda kerakli fazadagi elektr energiyasi, kanalizatsiya va hojatxona mavjudligini hisobga oling. Fudtrak — bu 10 000 so’mdan 30 000 so’mgacha bo’lgan mahsulotlar sotiladi degani.
Mebel ishlab chiqarish
Boshlang’ich investitsiya: $12 ming.
O’zini-o'zi qoplash davri: 6 oy
Startap uchun xarajatlar: drel, mebel yasash uchun dastgoh va boshqa qurilmalar.
Foyda: $35−40 ming
О’ziga xos tomoni: binolar uchun bir qator o’ziga xos talablar mavjud: elektr ta’minoti tizimi yog’ochni qayta ishlash mashinalarining ko’p sonli yuklariga bardosh bera olishi kerak. Shuni ham tushunish kerakki, zavod uyqu joylaridan uzoqda joylashgan bo’lishi kerak, lekin ayni paytda har bir xodim uchun transport qulayligini ta’minlash kerak.
Maslahat: bir narsani yodda tutish kerak — muvaffaqqiyat va omadsizlik barchada bo’ladi.
Kofe sotish nuqtalari
Boshlang’ich investitsiya: $15 ming.
O’zini-o'zi qoplash davri: 3 oy
Startap uchun xarajatlar: vagon yoki konteyner, jihozlar
Foyda: $4000
О’ziga xos tomoni: Vagon yoki konteynerni yig’a oladigan mahalliy hunarmandlarga buyurtma berish mumkin. Bunday tuzilmani yaratish uchun taxminan $7−13 ming dollar kerak bo’ladi.Biznesning muvaffaqiyati joylashuvga bog’liq.
Go’zallik saloni
Boshlang’ich investitsiya: $15 ming (60−70 m² maydon uchun)
O’zini-o'zi qoplash davri: 1 yil
Startap uchun xarajatlar: mebel, jihozlar
O’rtacha chek: 150 ming so’m
Мarja: 10%
Maslahat: Bir nuqta ko’p daromad keltirmaydi — salonlar qancha ko’p bo’lsa, foyda shunchalik yuqori bo’ladi. Shuning uchun, maksimal foyda olish uchun siz salonlar sonini ko’paytirishingiz kerak.
Tatuirovka — studiya
Boshlang’ich investitsiya: $10 mingdan boshlab.
O’zini-o'zi qoplash davri: 2 yildan boshlab
Startap uchun xarajatlar: o’tirish uchun kreslo, mebellar, dezinfeksiya vositalari va boshqalar.
Foyda: $300 dan boshlab
О’ziga xos tomoni: bu tarmoqda — professional ish ustasidan keyingi o’rinda turuvchi jihat- sterilizatsiya turadi — ortiqcha muammolardan holi bo’lish uchun — qat’iy ravishda bir martalik narsalardan foydalangan ma’qul (ushlagichlar, qo’lqop va bohsqalar).
To’y liboslari saloni
Boshlang’ich investitsiya: $15−20 ming
Foyda: $1000
Narxlar: salonda 200$ dan ko’ylak ijaraga olishingiz mumkin. Barcha qo’shimcha rekvizitlar ushbu miqdorga kiritilgan.
Xarajatlar: mablag’larning aksariyati har doim liboslarga ketadi, ularning assortimenti doimiy ravishda ko’paytirilishi va yangilanishi kerak.
Joylashuv: To’y saloni uchun ideal joy — shahar markazi, yo’l bo’yi, u yerda mashinalar va odamlar oqimi bor.
Cleaning kompaniayasi
Boshlang’ich investitsiya: $4,5 ming.
O’zini — o’zi qoplash muddati: 1 yilgacha
Foyda: $5 000
Startap uchun xarajatlar: aylanuvchi mashina, kir yuvish changyutgichi, polirovka mashinasi, bug' generatori
О’ziga xos tomonlari: biznesning bu tarmog’i uchun ofis bo’lishi shart emas. Dastlabki bosqichda kompaniyani Internetda ham ijtimoiy tarmoqlarda, ham qidiruv natijalarida targ’ib qilish kerak.
Avtomobil ijarasi
Boshlang’ich investitsiya: 1 mlrd so’m
Daromad: 250−300 mln so’m
Startap uchun xarajatlar: avtomashinalarni o’z mablag’lari, lizing yoki kredit bilan sotib olish.
Joylashuv: Ko’pgina distribyutorlar mehmonxonalarda, transport yaxshi bo’lgan joylarda va aeroportlarda ishlaydi. Agar loyiha egasida ofis ijaraga olish imkoniyati bo‘lmasa, u holda 1−1,5 million so‘m to‘lab, mehmonxona foyesida stol ijaraga olishingiz mumkin.
Xususiyatlari: sug’urta kompaniyalari bilan doimiy ish va kelishmovchiliklar mavjud. Axir ular bizning soha vakillari bilan ishlashni istamaydilar — ular o’zlarini katta xavf ostiga qo’yishni xohlamaydilar.
Maslahat: bunday biznesni boshlashda siz hamma narsaga tayyor bo’lishingiz kerak — juda ko’p xavf omillari bo’lishi mumkin. Misol uchun, ba’zi mijozlar avtomobillardan yaxshi qismlarni olib tashlashlari va o’rniga arzonlarini o’rnatishlari mumkin.
Ko’chmas mulk sohasidagi konsalting kompaniyasi
Boshlang’ich investitsiya: $140 ming
O’zini — o’zi qoplash muddati: bir necha yil
Startap uchun xarajatlar: xizmatlarni samarali amalga oshiradigan kadrlar
Foyda: $5 mingdan boshlab.
Narxlar: Loyiha narxining 3−5% ni tashkil etadi
О’ziga xos tomoni: qurilish konsalting kompaniyasini ro’yxatdan o’tkazish uchun eng muhim hujjatlardan biri konsalting va rieltorlik faoliyati uchun litsenziyadir. U Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan beriladi. Litsenziya olish uchun shtatda 2 ta sertifikatlangan rieltor talab qilinadi.