Sogʻliqni saqlash vazirligi poytaxtimizdagi koronavirus infeksiyasiga bepul PZR test tahlili oʻtkazadigan laboratoriyalar boʻyicha maʼlumot berdi.

Xabarga koʻra, Toshkent shahrining 12 ta tumanida 1 tadan maxsus COVID poliklinikalari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ularda koronavirusga qarshi PZR test sinamalari har kuni 24 soat davomida topshirilishi mumkin.

Bundan tashqari, yurtdoshlarimiz Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining har bir tuman va shahar boʻlimlarida ham shunday imkoniyatdan foydalanishlari mumkin.

Toshkentda bepul PZR tahlili oʻtkazadigan laboratoriyalar manzillari quyidagicha:

Diqqat! Geojoylashuv manzilini kiritgandan soʻng uni toʻgʻri ekanligiga ishonch hosil qiling. Joylashuv belgilashda ayrim texnik nosozliklar kuzatilishi mumkin. Agar joylashuv xato belgilangan boʻlsa, uni oʻzingiz matn orqali qayta kiritishingizni soʻramiz.

  1. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Toshkent shahar boshqarmasi laboratoriyasi
    Olmazor tumani, Qorasaroy koʻchasi, 341-uy.
  2. Uchtepa tumani boʻlimi laboratoriyasi
    Uchtepa tumani, Chilonzor 21.
  3. Sergeli tumani boʻlimi laboratoriyasi
    Sergeli tumani, Sergeli 3−14.
  4. Chilonzor tumani boʻlimi laboratoriyasi
    Chilonzor tumani, Lutfiy-4−14.
  5. Yunusobod tumani boʻlimi laboratoriyasi
    Yunusobod tumani, Yunusobod 8−34.
  6. Mirzo Ulugʻbek tumani boʻlimi laboratoriyasi
    Mirzo Ulugʻbek tumani, Qarmoq koʻchasi, 1 A-uy.
  7. Bektemir tumani boʻlimi laboratoriyasi
    H.Boyqaro koʻchasi, 48-uy.
  8. Mirobod tumani boʻlimi laboratoriyasi
    Sarakoʻl koʻchasi, 76-uy.
  9. Shayxontohur tumani boʻlimi laboratoriyasi
    Xadra massivi, 17 A-uy.
  10. Yashnobod tumani boʻlimi laboratoriyasi
    Maxtumquli koʻchasi, 1-berk, 6-uy.
  11. Yakkasaroy tumani boʻlimi laboratoriyasi
    Bobur koʻchasi, 2-berk A 22-uy.
  12. Yangihayot tumani aholisi Sergeli tumani boʻlimi laboratoriyasiga murojaat etadi
    Sergeli tumani, Sergeli 3−14.

Eslatib oʻtamiz, ushbu laboratoriyalarda PZR test tahlillari har kuni 24 soat davomida bepul oʻtkaziladi.