Oʻzbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 2022-yil 1-yanvar holatiga koʻra $35,139 mlrd ni tashkil qildi. Bu Markaziy bankning maʼlumotlaridan kelib chiqmoqda. Dekabr bilan taqqoslaganda, ular deyarli $390 mln ga oʻsdi.
Zaxiraning valyuta qismi oʻtgan oyda biroz pasaydi. Hozir uning hajmi $13,07 mlrd ni tashkil etadi, bu dekabr oyining boshidagiga nisbatan qariyb $120 mln ga kam.
Shu bilan birga, Oʻzbekistonning oltin zaxiralari koʻpaydi. 1-yanvarda uning qiymati $20,95 mlrd ga baholandi — bu bir oy avvalgidan yarim milliard dollarga koʻp.
Qimmatbaho metallning bir unsiya narxi bir oy davomida $1827 gacha koʻtarilgan boʻlsa, 18-yanvarga kelib u biroz pasayib, $1813 ga yetdi. Shuningdek, oltin miqdori 6 tonnaga oshdi, uning tonnaji hozirda 11,6 mln troya unsiyasini yoki 360,8 tonnani tashkil etadi.
Hozirgi zaxiralar 2021-yil darajasida taxminan 15 oylik importni moliyalashtirish uchun yetarli boʻladi. Bu xalqaro tashkilotlar tomonidan rivojlanayotgan mamlakatlar uchun tavsiya etilgan 3 oylik darajadan sezilarli darajada koʻpdir.
Avvalroq Spot noyabr oyida Oʻzbekiston Markaziy banki xorijda oltin sotish boʻyicha jahon yetakchisiga aylangani haqida xabar bergan edi.