“Xalq banki” 2022-yilda 40 ga yaqin filiallarini yopib, ularning oʻrniga zamonaviy bank xizmatlari ofislarini tashkil qilishni rejalashtirgan, deya Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurotovning soʻzlarini keltirmoqda “Daryo” nashri.
“Biz banklar xarajatlarini qisqartirish borasida hamma tijorat banklarimizga Markaziy bank sifatida oʻzimizning koʻrsatma va tavsiyalarimizni berganmiz. Kelgusida har bir tumanda, yirik-yirik shaharlarda bank filiallari boʻlishi tizimidan qochmoqchimiz. Bizda “Aloqa bank” toʻliq yagona tizimga oʻtdi. Bu degani “Aloqa bank"ning joydagi boʻlinmalari bank xizmatlari ofisi markazlash funksiyasini bildiradi”, — deydi u.
Markaziy bank raisining soʻzlariga koʻra, bu orqali bankdan qoʻshimcha xarajatlar kamaytiriladi.
Avvalroq Spot Markaziy bank 2024-yilda nominal qiymati 200 000 soʻm boʻlgan yangi banknotlarni muomalaga chiqarishni rejalashtirayotganligi haqida yozgan edi.