Yerdan Marsga qadar sayohat: 2021-yilda kriptovalyuta bozorida nimalar yuz berdi va joriy yilda qanday tendensiyalar bo’lishi kutilmoqda
Investitsiyalar hajmi va kotirovkalar soni oshdi, bozor kapitalizatsiyasi esa $3 trlndan ortdi. “Mem” tokenlar tufayli kichik treyderlar va shu bilan bir qatorda firibgarlar soni ham oshdi. Noqonuniy platforma va sxemalarda investorlar $7,7 mlrd yo’qotdilar.
Foto: Reuters
Tahlilchilar va jurnalistlarning hisoblashicha, 2021-yil kripto olam uchun tubdan burilish yasagan davr bo’ldi. Chunki o’tgan yilda raqamli valyutalar yangi rekordlarni o’rnatdi, fondlar nomarkazlashgan blokcheyn loyihalarga juda katta miqdorda investitsiya kiritdilar, xizmatlar kriptoda qabul qilinishni boshladi, bitkoin esa birinchi marta rasmiy pul birligi sifatida tan olindi.
Kriptodunyoda yangi tarmoqlar paydo bo’ldi (2009) va uning ko’lami 2010-yilning ikkinchi yarmida oshishni boshladi.
2021-yilda esa bozor kapitalizatsiyasi bitkoin, efirium va solaniumlar narxi oshishi hisobiga $3 trlndan oshdi.
Joriy yilda ham kriptovalyuta bozori shunday o’zgarishlar bo’lishi noma’lumligicha qolmoqda. Kriptovalyuta bozorlarga qanchalik jiddiy ta’sir ko’rsatishi mumkinligini ko’rsatdi va bu qisman moliyaviy regulyatorlarni qonunlarni kuchaytirishga va xizmatlarning ishlashiga va umuman raqamli valyutadan foydalanishga taqiqlar berishga majbur qildi.
Uning qiymati hali ham juda o’zgaruvchan: bitkoinning narxi o’tgan yilning aprel oyida $64 000 gacha ko’tarildi va iyulda $29 000 ga tushdi.
2022-yilda tanga bilan nima sodir bo‘ladi — treyderlar faqat taxmin qilishlari mumkin: ular bitkoin narxi 2021-yil oxirigacha $55 000ga yetishini kutishgan, biroq dekabr oyining oxirida uning narxi $50 000 dan oshdi.
2021- yil nima bilan farqlandi
Investitsiyalar oqimi
2021-yilda kriptovalyuta sanoati venchur kapital fondlaridan taxminan $30 milliard yig‘di, bu o‘zining tashkil etilganidan boshlab 2020-yilga qadar bo’lgan davrdan ham ko‘proq.
“Buning sababi, kriptovalyuta shunchaki raqamli oltin bo’lishni to’xtatdi. Moliyaviy xizmatlar, san’at loyihalari, markazlashtirilmagan ijtimoiy tarmoqlar, pul ishlashingiz mumkin bo’lgan o’yinlar onlayn aktivlar atrofida qurilmoqda va hamma kelajakdagi Web 3.0 Interneti haqida gapiradi. Bu tendensiyalarning barchasi investorlarni o’ylashga majbur qildi”, — , deb yozadi Spenser Bogart, Blockchain Capital investitsiya tashkilotining hamkori.
2021-yilda investorlar kriptovalyutalar bilan bog‘liq turli loyihalarga homiylik qilishga tayyor edilar, deya qayd etadi PitchBook tahlilchisi Rob Le:
Fintex-xizmatlar. Kriptovalyuta birjasi FTX $1 milliard, MoonPay $555 dollar va komissiyasiz broker Robinhood $2 milliarddan ortiq mablag‘ yig‘di.
Техplaformalar. Forte blokcheyn-ishlab chiquvchi $725 mln, NFT CryptoKitties yaratuvchilaridan biri — Dapper Labs kompaniyasi esa- $350 mln jalb qila oldi.
O’yinlar va ijtimoiy tarmoqlar. BitClout loyihasi $200 mln jalb etdi va mashhurlarni tokenlarda aks ettiruvchi platformani ishga tushiradi. Narxlar ularning mashhurlik darajasiga qarab belgilanadi. Marsni kolonozatsiya qilish haqidagi o’yin “SpaceY2025” $21 mlnga ega bo’ldi. Axie Infinity onlayn olamini yaratuvchisi esa $150 mln ko’proq mablag' to’pladi.Ikkala o’yinda ham geymerlar o’yin ichidagi tokenlarni ishlab, keyin ularni haqiqiy pulga almashtirishlari mumkin.
Investfirmalar. New York Digital Investment Group tashkiloti bitkoin bilan ishlashni xohlaydigan institutsional mijozlar uchun fintech vositalarini ishlab chiqish uchun $1 mlrd jalb etdi.
O’tgan yilning aprel oyida injener va tadbirkor Ilon Mask bitkoin uchun $1,5 mlrd sarfladi. Yangilik esa token narxiga ta’sir ko’rsatibgina qolmasdan, boshqa investorlarni ham jalb etdi.
Foto: Axie Infinity o’yinining interfeysi
Kotirovkalar narxining o’sishi
2021- yilning yana bir o’ziga xosligi — kriptovalyutalar bilan bog’liq aktivlar narxining oshishidir. Dekabr oyiga kelib ularning kapitalizatsiyasi umumiy holda $10 mlrddan oshdi. U.S. News agentligi yil boshidan yuqori ko’rsatgichlarga erishgan tokenlar ro’yxatini tuzib chiqdi. Quyida ulardan bir nechtasi:
Polygon, MATIC: 11026% ga o’sish, kapitalizatsiya — $14 mlrd. Bir soniyada millionlab tranzaktsiyalarni, ko’plab DeFi loyihalarini qo’llab-quvvatlaydi va Ethereumga qaraganda kamroq haq oladi.
Terra, LUNA: 9530% ga o’sish, kapitalizatsiya — $23 mlrd. Steyblkoinlarga mos kelib, uning narxi material aktivlar- ya’ni dollar, metall, qimmatli qog’ozga bog’liq. Shuning evaziga ularning narxi tez o’zgarishlarga moyil emas.
Dogecoin, DOGE: o’sish 2819% ni tashkil etdi, kapitalizatsiya — $22 mlrd. Token narxidagi asosiy o’zgarishlar injener Ilon Maskning faolligi tufayli sodir bo’ldi. U oyga sayohat qilish uchun to’lov dogecoinda amalga oshirilishi haqida o’zining Twitterdagi sahifasida yozib qoldirgan edi.
Avalanche, AVAX: o’sish 2754%, kapitalizatsiya — $25 mlrd. O’tgan yilning noyabr oyida Deloitte konsalting firmasi Avalanche ishlab chiquvchilari bilan falokat da’volarini ko‘rib chiqish uchun blokcheyndan foydalanish uchun hamkorlik qilishga kelishib oldi.
Shiba Inu, SHIB: o’sish 1450%, kapitalizatsiya — $86 mlrd. Binance ma’lumotlariga ko’ra, valyutaga bo’lgan qiziqish o’zining ShibaSwap kripto tokenini almashish xizmati tomonidan kuchaytiriladi. Decrypt, aktivning Kraken birjasidagi listingi o‘sishga hissa qo‘shadi deya hisoblaydi.
Binance Coin, BNB: o’sish 1294%, kapitalizatsiya — $86 mlrd.Oktyabr oyida Binance $100 mlnlik zahiraga ega fond yaratdi va bu mablag’ni Binance Smart Chain tarmog’idagi markazlashtirilmagan ilovalarni qo’llab-quvvatlashga sarflashga va’da berdi.