“Uzbekistan Airways” Qozogʻistonga barcha aviaqatnovlar tikladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, joriy yilning 19-yanvaridan boshlab “Toshkent — Olmaota — Toshkent”, “Samarqand — Olmaota — Samarqand”, “Nukus — Aktoʻbe — Nukus”, “Urganch — Aqtau — Urganch”, “Nukus — Aqtau — Nukus”, “Toshkent — Nur-Sulton — Toshkent” yoʻnalishlari boʻyicha muntazam aviaqatnovlar jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.
Maʼlumot uchun, Olmaota va Aqtoʻbe, Aqtau shaharlarida bekor qilingan (2022 yil 7−13 yanvar kunlari) qatnovlar yoʻlovchilari aviachiptaning toʻliq qiymatini xarid qilingan joyda qaytarib olish yoki istalgan boshqa boʻsh sanaga bepul qayta bron qilish huquqiga ega.
Avvalroq O‘zbekiston Qozog‘iston bilan quruqlikdagi chegarasini vaqtincha yopgan edi.