Yandex Go Samarqandda ham ishga tushirildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati Spotga maʼlum qildi.
Xabarda aytilishicha, yoʻl haqi 2500 soʻmdan boshlanadi. Masalan, Makon Mall savdo-koʻngilochar markazidan Goʻri Amir maqbarasigacha yetib borish uchun atigi 3400 soʻm, Registondan — Alisher Navoiy nomidagi istirohat bogʻigacha safar taxminan 3300 soʻmga aylanadi.
“Endi Samarqand aholisi va mehmonlari koʻchada mashina ushlashi yoki qoʻngʻiroqlarga vaqt sarflashiga toʻgʻri kelmaydi. Safaringiz haqidagi maʼlumotlar saqlanadi, ilovada qoʻllab-quvvatlash xizmati bilan bayram va dam olish kunlarisiz tun-u kun yoʻlga qoʻyilgan, — deydi Markaziy Osiyo bozorlarini rivojlantirish boʻyicha Yandex Go ijrochi direktori Tamirlan Shapiyev.
Samarqandda safarning aniq narxi mashinaga buyurtma berish paytidayoq koʻrinadi. Haydovchi aylanma yoʻl bilan yoʻnalishga borsa ham narx oʻzgarishsiz qoladi. Hozircha yoʻl haqi uchun toʻlov naqd koʻrinishda amalga oshiriladi.
Maʼlumot uchun, Yandex Go Oʻzbekistonda 2018-yilning aprel oyida ishga tushirilgan. Samarqanddan tashqari xizmat besh shaharda — Toshkent, Fargʻona, Margʻilon, Namangan va Andijon da ishlaydi. Yandex Go oʻz haydovchilari va mashinalariga ega emas. Xizmat mahalliy tashuvchilar bilan hamkorlik qiladi. Ilova iOS va Android uchun oʻzbek, rus va boshqa koʻplab tillarda mavjud.