Davlat geologiya qoʻmitasi Samarqand viloyatidagi hududda oltin qazib olish huquqini auksion savdosiga qoʻydi. Bu maʼlumot elektron auksion maʼlumotlari saytidan kelib chiqmoqda.
Qizilturuq uchastkasi Zarafshon-Hisor togʻlarida, Urgut shahridan 35 km, Samarqanddan 50 km uzoqlikda joylashgan. Bu dengiz sathidan 1000 dan 1600 metrgacha balandlikdagi farqli togʻli hudud hisoblanadi.
Yer maydoni 1643 gektar. Bunga uchta kon — Shirotnoye, Gʻalabuloq va Qoʻshtepa kiradi.
Lotning boshlangʻich bahosi — 23,69 mlrd soʻm. Auksion 24-mart kuni soat 10:00 da boshlanadi, arizalar shu sanada soat 9:00 gacha qabul qilinadi.
Xaridor obyektga kamida $150 mln sarmoya kiritish majburiyatini oladi, shundan $20 mln — bitimdan keyingi birinchi yilda amalga oshirilishi kerak. Bundan tashqari, u mahalliy aholi uchun kamida 600 ish oʻrni yaratishi lozim.
U, shuningdek, rivojlanish uchun texnik-iqtisodiy asoslash va atrof-muhit hisobotini taqdim etishi talab etiladi. Kon qazib olish litsenziyasi olingandan keyin 3 yildan kechiktirmay boshlanishi kerak.
Foydali qazilmalari bor uchastkalarni onlayn auksionlar orqali sotish 2020-yil oktyabr oyida boshlangan. Keyin oltin, uran, mis, kumush, volfram, qalay va boshqalar boʻlgan lotlar auksion savdosiga qoʻyildi.