Telegram asoschisi Pavel Durov oʻzining kanalida post qoldirdi. Unda Rossiyada kriptovalyutalarning taqiqlanishi, bu koʻplab sohalarning rivojlanishiga xalaqit qilishi haqida soʻz boradi.
Spot ushbu postni oʻzbek tilida havola etadi:
Rossiya Markaziy banki tomonidan taklif qilingan kriptovalyutalarni taqiqlash IT-mutaxassislarining mamlakatdan chiqib ketishiga olib keladi va yuqori texnologiyali iqtisodiyotning qator tarmoqlarini yoʻq qiladi.
Hech bir rivojlangan davlat kriptovalyutalarni taqiqlamaydi. Sababi: bunday taqiq muqarrar ravishda blokcheyn texnologiyalarining rivojlanishini sekinlashtiradi. Ushbu texnologiyalar moliyadan tortib sanʼatgacha boʻlgan koʻplab inson faoliyatining samaradorligi va xavfsizligini oshiradi.
Hisoblash birligi sifatida kriptovalyutalardan foydalangan holda taqsimlangan reestrlarga asoslangan yechimlar XX asrning ikkinchi yarmidagi eskirgan markazlashtirilgan moliyaviy tizimlarni almashtirmoqda.
Rossiyaning Ukrainadan tortib Oʻzbekistongacha boʻlgan qoʻshnilari rivojlangan davlatlardan keyin blokcheyn sohasida ilgʻor qonunlarni qabul qiladi. Bu davlatlar texnologik va iqtisodiy taraqqiyot chetida qolishni istamaydi.
Rossiya bugungi kunda blokcheyn sanoatida yuqori malakali mutaxassislar soni boʻyicha yetakchilardan biri hisoblanadi. Oʻylangan tartibga solish mamlakatga xalqaro moliya tizimidagi kuchlar taqsimotini muvozanatlash va yangi iqtisodiyotning asosiy ishtirokchilaridan biriga aylanish imkonini beradi.
Kriptovalyutalar muomalasini tartibga solish istagi har qanday moliyaviy organ tomonidan tabiiydir holatdir. Biroq, bunday taqiq vijdonsiz oʻyinchilarni toʻxtatib qoʻyishi dargumon, lekin bu sohadagi qonuniy Rossiya loyihalariga chek qoʻyadi.
Ma’lumot uchun, kecha Rossiyada kriptovalyutalarning aylanishini taqiqlash gʻoyasidan keyin bitkoin $38 400 gacha tushib ketdi. Kriptovalyuta kursi kuniga 9,2% ga kamaydi. Oxirgi marta bunday narxlar 3-avgustda, yozgi inqirozdan keyin tiklangan paytda kuzatilgan.
Mavzuga doir: Yerdan Marsga qadar sayohat: 2021-yilda kriptovalyuta bozorida nimalar yuz berdi va joriy yilda qanday tendensiyalar bo’lishi kutilmoqda. Investitsiyalar hajmi va kotirovkalar soni oshdi, bozor kapitalizatsiyasi esa $3 trlndan ortdi. “Mem” tokenlar tufayli kichik treyderlar va shu bilan bir qatorda firibgarlar soni ham oshdi. Noqonuniy platforma va sxemalarda investorlar $7,7 mlrd yo’qotdilar.