Afgʻoniston muvaqqat hukumati Transafgʻon temir yoʻlining yoʻnalishini tasdiqladi. Bu haqda rasmiy vakil Inamulla Samangoniy maʼlum qildi.
Vazirlar Mahkamasi qaroriga koʻra, Mozori Sharifdan yoʻnalish Bagʻlon va Bomiyon orqali oʻtadi. Boshqa tafsilotlar keltirilmagan.
“Mozori Sharif — Bagʻlon — Bomiyon yoʻnalishi Oʻzbekistondan Afgʻoniston orqali Pokistonga olib boriladigan temir yoʻl loyihasi uchun tasdiqlangan”, — deb yozadi Samangoniy.
Bundan oldin Oʻzbekiston shu yil bahorida Kobuldan Peshovarga temir yoʻl qurilishini boshlashni rejalashtirayotgani xabar qilingandi. Shuningdek, Oʻzbekiston tomoni unga xizmat koʻrsatish uchun afgʻon kadrlarini tayyorlaydi.
573 km uzunlikdagi marshrut $4,8 mlrd ga baholangan. Maʼlum qilinishicha, loyihaga Rossiya temir yoʻllari qiziqish bildirgan. Janubiy va Markaziy Osiyo oʻrtasidagi tranzit yiliga 20 mln tonnagacha yukni tashkil etadi.
Transafgʻon temir yoʻlini qurish tashabbusi 2018-yilda ilgari surilgan edi. Qurilish ishlari esa 2021-yil sentyabrida boshlanishi kerak edi, biroq Afgʻonistonda hokimiyat almashinuvi bunga yoʻl qoʻymadi.
Joriy yilning dekabr oyida boʻlib oʻtgan muzokaralar natijasida loyihaga Afgʻoniston muvaqqat hukumati qoʻshildi.