Intel yarimoʻtkazgichlar taqchilligi sharoitida koʻproq chiplar ishlab chiqarmoqchi va AQShning Osiyo bozoriga qaramligini kamaytirmoqchi, deya yozmoqda Reuters.

Kompleks ikkita zavoddan sakkiztagacha kengayishi mumkin — ular qurilish vaqtida 7 mingta, ishlab chiqarish boshlanganidan keyin esa 3 mingta ish oʻrni yaratiladi.

Intel 2022-yil oxirida zavodlar qurishni boshlaydi va ular 2025-yildan boshlab ishlaydi.

2021-yilda Samsung Intelʼni ortda qoldirib, yetakchi yarimoʻtkazgich yetkazib beruvchiga aylandi, endi kompaniya oʻz mavqeyini tiklamoqchi.

2021-yil mart oyida Intel Arizonada ikkita zavod ochish uchun $20 mlrd sarmoya kiritgan.

Avvalroq mikroprotsessorlar tanqisligi muammosi 2022-yilgacha davom etishi taxmin qilingan edi.