Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi boʻsh turgan bino-inshootlar auksion savdosiga qoʻydi. Bu maʼlumot elektron auksion maʼlumotlari saytidan kelib chiqmoqda.
Lot 4,8 gektar maydonni egallagan. Bino-inshootlarning maydoni 24737 kv metrni tashkil etadi. Elektr, suv va gaz mavjud.
Davlat aktivini sotish ikki bosqichda oʻtkaziladi. Arizalar 14-fevral 18:00 gacha qabul qilinadi.
Talabgorlardan kelib tushgan takliflarni umumlashtirilgan holda koʻrib chiqish va Tegishli qaror qabul qilish uchun Davlat mulkini sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha Davlat komissiyasiga kiritiladi hamda mazkur komissiya qaroriga asosan gʻolib aniqlanadi.
Xaridor bino-inshootlar negizida maishiy xizmat, sport va ijtimoiy (taʼlim, sogʻliqni saqlash) xizmatlar, koʻngilochar va dam olish markazlari, istiqomat majmualari va oʻziga xos infrastrukturaga ega zamonaviy kompleks tashkil etishi kerak.
Auksionda ishtirok etish niyatidagi shaxslar batafsil maʼlumotni ushbu havoladan olishlari mumkin.