Energatika vazirligining xabar berishicha, elektr stansiyalar bosqichma-bosqich ishga tushirilmoqda.
Xususan, Toshkent viloyatidagi Chorvoq, Xodjikent va Tovoqsoy gidroelektr stansiyalari, Navoiy viloyatidagi Navoiy issiqlik elektr stansiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi hamda Fargʻona viloyatidagi Fargʻona issiqlik elektr markazi orqali energetika tizimiga quvvat uzatish boshlandi.
Holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berib boriladi.
Shuningdek, vazirlik bilan tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan bogʻliq koʻngilsiz holatlarni oldini olish maqsadida gaz hamda elektr jixozlarini nazorat qilish uchun tarmoqdan vaqtincha uzib qoʻyishni tavsiya qilmoqda.