Majburiy ijro byurosi Sergeli tumanidagi yer uchastkasi boʻlgan binoni auksion savdosiga qoʻydi.

Bu Janubiy vokzal yaqinida ofislari boʻlgan ombor boʻlib, obyekt 0,17 gektar maydonda joylashgan.

Bino 19 ta xonadan iborat boʻlib, umumiy maydoni 1313 kv.m. Barcha kommunikatsiyalar — gaz, elektr, suv va kanalizatsiya bor.

Lotning boshlangʻich bahosi — 6,4 mlrd soʻm. Auksion 24-fevral kuni soat 10:00 da boshlanadi, arizalar shu sanada soat 9:00 gacha qabul qilinadi.

Lot 2021-yil mart oyida chiqarilgan fuqarolik ishlari boʻyicha sudning hal qiluv qaroriga asosan auksion savdosiga qoʻyilgan (2−1001−2013/14570-sonli ijro hujjati).

Avvalroq Spot Yashnoboddagi majmua auksionga qoʻyilganligi, yangi xaridor binoda sport yoki koʻngilochar markaz tashkil etishi kerakligi haqida yozgan edi.