Ma’lumki, 25-yanvar kuni O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston davlatlarida uzoq vaqt davomida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi.
Iqtisodchilarning fikriga ko’ra, elektr quvvatinig bunday sezilarli o’zgarishi uy xo’jaligi yoki sanoatda sodir bo’lish ehtimoli juda kichik, chunki uning bunday noodatiy tezlikda ishlashi mumkin emas.
Elektr tarmog’ini buzish uchun g’ayrioddiy bir narsa yuz berishi kerak edi va bu rossiyalik va xitoylik kriptovalyuta maynerlarining qayd etilgan davlatlarda olib borgan faoliyatidir.
2021-yilda Xitoy mamlakatida mayning va kriptovalyuta savdosi taqiqlandi. Shuningdek, 6 kun avval Rossiya Markaziy Banki kriptovalyuta bilan bog’liq operatsiyalarni butunlay taqiqlash niyatini e’lon qildi.
Rossiyalik va xitoylik kriptovalyuta maynerlarining Qozog’istonga ko’chib kelgani mamlakat taxminan 2 kun oldin ushbu kriptovalyuta yuki tufayli elektr energiyasi tanqisligini boshdan kechirilayotganligi haqida yozilganida o’z tasdig’ini topdi.
Mayning (kompyuter texnikalari yordamida kriptovalyuta ishlab chiqarish) katta miqdordagi energiya sarfini talab qiladi va mutaxassislarning fikriga ko’ra, aynan Rossiya va Xitoydan kelgan kriptovalyuta maynerlari tufayli elektr tarmoqlari eng yuqori yuklamani olgan va buning natijasida katta nosozliklarni boshdan kechirgan.
Avvalroq Spot, Qozog’istondagi voqealar fonida bitkoin narxi i $43 000 gacha tushib ketganligi haqida xabar bergan edi.
Shu bilan birga Qozog’istonda maynerlarga nisbatan qo’shimcha nazorat tariflari belgilangan edi.
Sharqshunos tahlilchilar klubi materiallari asosida tayyorlandi.