Davlat statistika qoʻmitasining xabariga koʻra, Oʻzbekiston 16 ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston 2021-yilda xorijdan qiymati $203,1 mln ga teng boʻlgan qariyb 3 mln dona mobil telefon import qilgan.
Telefon importi 2020-yilga nisbatan solishtirilganda 1,7 mln donaga oshgan.
Oʻzbekiston 16 ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan, bu borada Xitoy yetakchilik qilmoqda:
- Xitoy — $102,4 mln
- Vyetnam — $80,7 mln
- Hindiston — $11,9 mln
- Qozogʻiston — $5,3 mln
- BAA — $1,9 mln
- Germaniya — $647 ming
- Rossiya — $176 ming.
Avvalroq Spot Oʻzbekiston importida eng yuqori ulushga ega 10ta davlat haqida yozgan edi.