“Uzbekistan Airways” 30-yanvardan Toshkent — Sochi — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha muntazam aviaqatnovlar tiklanishini maʼlum qildi.

Aviakompaniya taqdim etgan maʼlumotga qaraganda, parvozlar haftasiga bir marotaba — yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Bildirilishicha, mazkur yoʻnalish boʻyicha aviachiptalar narxi bir tomonga 1 883 446 soʻmdan (bagajsiz) va 2 067 881 soʻmdan (bagaj bilan), shuningdek, borish va qaytish boʻyicha aviachiptalar 3 573 113 soʻmdan (bagajsiz) va 3 941 982 soʻmdan (bagaj bilan) boshlanadi.

Avvalroq, Oʻzbekistondan Qozogʻistonga barcha parvozlar tiklangandi.

19 yanvardan Toshkent — Olmaota — Toshkent, Samarqand — Olmaota — Samarqand, Nukus — Aktobe — Nukus, Urganch — Aqtau — Urganch, Nukus — Aqtau — Nukus, Toshkent — Nur — Sulton — Toshkent yoʻnalishlari boʻyicha muntazam aviaqatnovlar jadvalga muvofiq amalga oshirilmoqda.