Prezident qaroriga muvofiq 2022-yil 1-fevraldan fuqarolar oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida oʻz xonadonida baliq yetishtirishni yoʻlga qoʻyishi mumkin.
2022-yil 1-fevraldan 2025-yil 1-yanvarga qadar baliqchilikni intensivlashtirish uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar va texnologiyalar (aerator, basseyn, avtokormushka, UZV) hamda qayta ishlash uskunalarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan, biroq daromadining 80 foizidan ortigʻini ushbu uskunalarni ishlab chiqarishdan oladigan subyektlar uchun:
- foyda soligʻi (tijorat banklarida joylashtirilgan mablagʻlardan olingan foizlardan tashqari);
- yuridik shaxslar yer soligʻi;
- yuridik shaxslar mol-mulk soligʻi;
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladi.
Shunindek, baliq yetishtiruvchi xonadon egalari uchun yer soligʻi va mol-mulk soligʻi stavkasi 50 foiz miqdorida belgilandi.
Avvalroq Spot oʻz uyida baliq yetishtiruvchilar uchun 400 mlrd soʻm kredit ajratiladi hamda ularga yer va mulk soligʻida imtiyoz berilishi haqida yozgan edi.