Apple kompaniyasining 2021-yilning oktyabrdan dekabrigacha boʻlgan chorakdagi daromadi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 11%ga oʻsib, $123,9 mlrd ni, foydasi esa 25% ga oʻsib, $34,6 mlrd ni tashkil qildi.
iPhone daromadi esa 9% ga oʻsib, $71,63 mlrd ni tashkil etdi. Xizmatlardan tushgan daromad (Apple TV+, Apple Music va boshqalar) 24% ga oʻsib, $19,52 mlrd ga yetdi.
Shuningdek, Mac daromadi ham yiliga 25% ga oshib, $10,85 mlrd ni tashkil etdi, Apple Watch, Airpods, maishiy texnika va boshqalar 13% ga oʻsib, $14,7 mlrd daromad olindi.
Biroq iPad-dan keladigan tushumlar 14% ga kamayib, $7,25 mlrd ga tushib ketdi.
2021-yil oktyabr oyida Apple chip tanqisligi sababli chorakda $6 mlrd dan mahrum boʻlganini aytgan edi. Hisobotda Tim Kuk yilning soʻnggi choragida kompaniyaga yetkazilgan zarar bu miqdordan oshib ketganini aytdi, biroq aniq miqdor qancha ekanini maʼlum qiladi.
Apple bosh direktorining bashorat qilishicha, yetkazib berish zanjiri muammosi keyingi chorakda daromadga kamroq taʼsir qiladi.
Avvalroq Spot Apple yaqin oylarda iPhoneʼdan toʻlov terminali sifatida foydalanish funksiyasini joriy qilishi haqida yozgan edi.