Alisher Usmonovga tegishli Holding oltinga sarmoya kiritish uchun yangi kompaniya tashkil etdi

Mutaxassislarning tahminlariga koʻra, USM Gold oltin sanoatida muhim oʻyinchiga aylanishi mumkin.


“Bizda O’zbekistonning alohida xaritasi bor” — Sharof Egamberdiyev ichki togʻ turizmi va nohalol raqobat haqida

“Таинственный Узбекистан” turistik agentligining asoschisi Spot tahririyatiga bir guruh sayohatchilar guruhi qanday qilib daromadli biznes tashkil etgani, ichki turizm bozorida nimalar yuz berayotganligi va nega bu biznes xatolarni kechirmasligi haqida so’zlab berdi.


Tadbirkorlarga mehmonxona bo‘yicha yer va mol-mulk solig‘i stavkasi 90 foizga kamaytiriladi

2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvargacha 28 ta tuman va shaharlarda umumiy ovqatlanish, mehmonxona, savdo, ko‘ngilochar, turoperator va turagent xizmatlarini ko‘rsatayotgan tadbirkorlar uchun aylanmadan olinadigan soliq — 1 foiz, mol-mulk va yer solig‘i hisoblangan summaning 1 foizi miqdorida belgilanadi.


Boshqa yangiliklar:

  1. Markaziy Osiyoda elektr energiyasining uzilishida xorijiy kriptovalyuta maynerlarining o’rni qanday. Mutaxassislarning fikricha, bu Rossiya va Xitoydagi cheklovlar bilan bog’liq.
  2. Samsung toʻlov kartalari uchun moʻljallangan barmoq izi skanerini ishlab chiqaradi. Biometrik sensor, protsessor va xavfsizlik moduli birinchi marta bitta chipda birlashtirildi.
  3. MIB Janubiy vokzal yaqinidagi ofisiga ega omborni auksionga qoʻydi. Ombor 0,17 gektar maydonda joylashgan. Boshlangʻich bahosi — 6,4 mlrd soʻm.
  4. Afgʻoniston Mozori Sharif — Kobul temir yoʻlining yoʻnalishini tasdiqladi. Oʻzbekistonni Pokiston portlari bilan bogʻlaydigan yoʻnalish Bagʻlon va Bomiyon orqali oʻtadi.
  5. Alisher Usmonovga aloqador kompaniyalar “Kapitalbank” aksiyalarining nazorat paketini sotib oldi. Telekominvestga qarashli Finance TCI bank ulushini 108 mln soʻmga sotib oldi.
  6. Parranda go‘shti uchun subsidiya miqdori oshirildi. Subsidiya QQSdan vaqtinchalik ozod qilish boʻyicha imtiyoz amalda boʻlgan davr uchun ham toʻlanadi.
  7. 2021-yilning birinchi yarmida iqtisodiy oʻsish sezilarli darajada koʻtarilgan. 2022-yil 1-choragida YAIMning real oʻsish surati 2021-yil 1-choragiga nisbatan 4,92% darajasida prognoz qilinmoqda.
  8. Baliq yetishtiruvchi xonadon egalari uchun yer soligʻi va mol-mulk soligʻi stavkasi 50 foiz miqdorida belgilandi. 1-fevraldan uyda baliq yetishtiruvchilar o‘zini o‘zi band qilishi mumkin.
  9. Ilon Mask kadrlar yetishmasligi sababli Tesla zavodlarida odamsimon robotlardan foydalanishni taklif qildi. Maskning aytishicha, Optimus robot biznesi Tesla uchun “avtomobil biznesidan koʻra muhimroq boʻlishi mumkin”.
  10. “1hls.uz” — Sogʻlom turmush tarzi platformasiga 100 mlrd soʻm ajratiladi. Bu “Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarorida aks etgan.