Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilda Oʻzbekiston 26 ta xorijiy davlatlardan qiymati $588,2 mln ga teng boʻlgan qariyb 27 067 ta yengil avtomobil import qilgan.
Qayd etilishicha, yengil avtomobillar importi 2020-yil bilan solishtirilganda 1 348 taga oshgan.
Importda elektromobillar ulushi 809 tani tashkil qilgan.
Oʻzbekistonda elektromobillar
Oʻzbekistonda elektromobillar importiga boʻlgan talabni ragʻbatlantirish maqsadida imtiyozlar joriy etilgan, avtoulovlar bojxona toʻlovlari, aksiz soligʻi va avtotransport bojlari toʻlashdan ozod etilgan.
Shuningdek, Davlat Yoʻl harakati xavfsizligi inspeksiyasi tomonidan elektromobillar uchun maxsus “yashil” raqamlar berila boshlandi. Kelgusida ular shaharlarning markaziy qismlariga kirishda, shuningdek, roʻyxatdan oʻtish va texnik koʻrikdan oʻtishda imtiyozlar berilishi kutilmoqda.
Infratuzilma talab bilan birga rivojlanadi. Plugshare maʼlumotlariga koʻra, hozirda Oʻzbekistonda 33 ta elektr stansiyasi faoliyat koʻrsatmoqda. Baʼzi kompaniyalar buni oʻz profilining bir qismi sifatida amalga oshiradilar (Tok Bor, Megawatt Motors), boshqalari uchun bu qoʻshimcha xizmatdir (Makro).
Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha qator tashabbuslar ilgari surilmoqda. Ular orasida “Oʻzavtosanoat” korxonalarini elektromobillar ishlab chiqarishga oʻtkazish loyihasi ham bor.
Hozircha amalga oshirishga eng yaqin narsa bu Fargʻonadagi loyiha boʻlib, sentyabr oyida eʼlon qilingan edi. Sinov partiyasi dekabr oyida konveyerdan chiqariladi va seriyali ishlab chiqarish 2022-yilda boshlanishi vaʼda qilingan. Zavod yiliga 10 mingtagacha avtomobil ishlab chiqarishi rejalashtirilmoqda.