Amerika elektromobil ishlab chiqaruvchi Tesla temir yoʻlni Germaniyaning DRE guruhidan sotib oldi. Bu haqda Germaniya infratuzilma va milliy rejalashtirish vazirligi maʼlum qildi.
Erkner shahridan janubda Berlingacha qurilayotgan temir yoʻl stansiyalaridan birida hali toʻliq ishga tushmagan Tesla zavodi joylashgan. Kompaniya xodimlarning ishga borishini osonlashtirishga qaror qildi. Tesla temir yoʻlni rejalashtirish, qurish va ishlatish uchun javobgar boʻladi.
Zavodning oʻzi 2021-yil oxirida sinov versiyasida ishga tushirilgan, ammo ommaviy ishlab chiqarish hali boshlanmagan. Tesla yangi Grünheide zavodi yiliga yarim milliongacha avtomobil ishlab chiqarish imkoniyatiga ega boʻlishini kutmoqda.
Avvalroq Ilon Mask kadrlar yetishmasligi sababli Tesla zavodlarida odamsimon robotlardan foydalanishni taklif qilgan edi.