Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2021-yilda 1003 dona avtobus ishlab chiqarilgan.
Ishlab chiqarish 2020-yil bilan solishtirilganda 56,2% ga oshgan.
Oylar kesimida ishlab chiqarilgan quyidagichani tashkil etadi:
- yanvarda — 6 ta
- fevralda — 35 ta
- martda — 106 ta
- aprelda — 118 ta
- mayda — 58 ta
- iyunda — 172 ta
- iyulda — 87 ta
- avgustda — 20 ta
- sentyabrda — 94 ta
- oktyabrda — 77 ta
- noyabrda — 74 ta
- dekabrda — 156 ta.
Avvalroq Spot Oʻzbekiston — Tojikiston yoʻnalishidagi avtobus qatnovi qayta yoʻlga qoʻyilishi haqida yozgan edi.