“Qoʻngʻirot — Namangan — Andijon — Qoʻngʻirot” yoʻnalishida poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” tomonidan 2022-yil 5-fevraldan boshlab “Qoʻngʻirot — Andijon — Qoʻngʻirot” yoʻnalishida harakatlanayotgan 654/653-sonli yoʻlovchi poyezdlar “Qoʻngʻirot — Namangan — Andijon — Qoʻngʻirot” yoʻnalishida qatnovi amalga oshirishni boshlaydi.
Ushbu poyezdlar harakat davomida Xoʻjayli, Nukus temiryoʻl vokzallarida ham toʻxtab oʻtadi.
Qoʻshimcha maʼlumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryoʻl kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olish mumkin.
Avvalroq Spot Oʻzbekiston Rossiya bilan hamkorlikda Xitoydan birinchi konteyner poyezdini yoʻlga qoʻyganligi haqida yozgan edi.