Oʻzbekiston professional futbol ligasi 2021-yilgi moliyaviy hisobotni taqdim etdi.

“2021-yilda homiylardan jami 9 mlrd 280 mln soʻm olishimiz kerak edi. Hozircha 430 mln soʻm bizgacha yetib kelmadi. Oʻtgan yilda PFLga jami 15 mlrd 725 mln 200 ming soʻm kelib tushishi kerak edi. Hozircha 2 mlrd 869 mln 300 ming soʻm debitor qarzdorlik hisoblanadi”, — tashkilot bosh direktori Diyor Imomxoʻjayev.

OʻzPFL taqdimoti

Uning qayd etishicha, OʻzPFL tasarrufidagi turli musobaqalarni “Eleven Sports” portali orqali translyatsiya qilishdan €35 630 ishlab olgan.