Respublika taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq, 2021/2022-oʻquv yilida oliy va professional taʼlim muassasalari talaba va oʻquvchilar oʻqishi uchun kontrakt miqdorini toʻlashning soʻnggi muddati 2022-yilning 1-marti etib belgilandi.
Ushbu muddat quyidagilar:
- toʻlov-kontrakt asosida oliy taʼlim muassasalariga talabalikka (magistratura, bakalavr), professional taʼlim muassasalari (texnikum, kollej)ga oʻquvchilikka tavsiya etilganlar;
- tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida professional taʼlim muassasalari (kollej, texnikum)ga oʻquvchilikka tavsiya etilganlar;
- oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar uchun amal qiladi.
Taʼkidlanishicha, qarorga kelinishida koʻpchilik abituriyentlar va ularning ota-onalarining murojaatlari inobatga olingan.