E’tibor qarating- ushbu material ikkilamchi bozordagi ipoteka kreditlari taqdim etuvchi banklar haqida. Yangi uy-joy uchun beriladigan ipoteka kreditlari haqida alohida material tayyorlanadi.

Spot shartlar tez-tez o’zgarib turayotganligi bois ma’lumotni aniqlashtirish yuzasidan bankka murojaat qilishni maslahat beradi.

Spot 2022-yil fevral oyida O’zbekistondagi ikkilamchi ipoteka krediti taqdim etuvchi tijorat banklari o’rganib chiqdi va eng qulay tariflarni tanladi.

“O‘zmilliybank” AJ ning o‘z mablag‘lari hisobidan ajratiladigan ipotеka krеditi 25% boshlang’ich badal to’laganda yillik — 24%, 30% boshlang’ich badal to’laganda yillik — 23%, 40% boshlang’ich badal to’laganda yillik — 21% ni tashkil etadi.

O’rtacha yillik stavka 17% ni tashkil etadi. Agar kredit bank mablag’lari hisobidan ajratilsa foiz miqdori o’zgaradi.

Banklarning aksariyatida kredit olish uchun ariza, pasport nusxasi, daromadlari toʼgʼrisida maʼlumotnoma va Pudrat tashkiloti bilan tuzilgan daslabki shartnoma talab etiladi.

Mamlakatda mavjud 33 ta bankdan 16 tasi maksimal 20 yilgacha muddatga ikkilamchi bozordagi ipoteka kreditlarini taklif etadi.

Bank nomi
Yillik foiz
Beriladigan summa
Boshlang’ich to’lov
Muddat
“Asakabank”
17%
uyning 85% gacha
15%
20 yilgacha
“Agrobank”
17,5%
400 mlngacha
25%
20 yilgacha
“Davrbank”
25%
Mulkning qiymatiga qarab
50%
10 yilgacha
“Kapitalbank”
24%

26%
2 mlrd so’mgacha

51%

26%


10 yilgacha
Ravnaq-bank
26%

28%
turar joyning 75% miqdorida
25%
120 oygacha

180 oygacha
InfinBank
22,99%
6500 BHMgacha
26% dan 50% gacha

51%
120 oy

180 oygacha
“Qishloq qurilish bank”
17%
416,5 mlngacha

20 yilgacha
NBU**
18%
339,15 mlngacha
15%
20 yilgacha
“Mikrokreditbank”***
18%
17%
238 mlngacha
15%
20 yilgacha



Ziraat Bank Uzbekistan

25−60 oy — 23.5%

61−84 oy — 24%

85−120 oy — 25%




BHMning 3000 baravarigacha
25%
10 yilgacha
“Xalq banki”
17%
309,4 mlngacha
15%
20 yilgacha
Hamkorbank
17%
416,5 mlngacha
15%
20 yilgacha
“Ipoteka bank”***
18%
17%
416,5 mlngacha
15%
20 yilgacha
“Turonbank”
18%

17%
416,5 mlngacha
15%20 yilgacha
“Aloqabank”
17%
416,5 mlngacha
15%
20 yilgacha
“Orient Finans banki”
17%
416,5 mlngacha
15%20 yilgacha

*** Toshkent shahri uchun yillik 18 foiz; Respublikaning boshqa shahar va qishloq joylari uchun yillik 17 foiz. Foiz stavkalar Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, mutanosib ravishda kamayadi, oshirilgan taqdirda esa — oʼzgarishsiz qoladi.
** Krеditning maksimal miqdori qishloq joylarda 238,0 mln.so‘m gacha, shaharlarda 309,4 mln.so‘m gacha, Toshkеnt shahrida 339,15 mln.so‘m gacha.