Bloomberg-ning maʼlum qilishicha, oktyabr oyida MacBook Pro flagmanini chiqargandan soʻng Apple 13 dyuymli M1 ga asoslangan model oʻrnini bosadigan boshlangʻich darajadagi MacBook Pro ustida ish boshladi.
Manbaning soʻzlariga koʻra, qurilmani yanada qulayroq qilish uchun kompaniya bir qator texnik oʻzgarishlarga qoʻl urdi: ekran diagonalini kichraytirdi, ProMotion (120 Gts)ni qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatdi va xotira hajmini kamaytirdi.
Bundan tashqari, noutbuk birinchi marta M2 protsessoriga ega boʻladi. Gurmanga koʻra, qayta ishlash quvvati boʻyicha u M1 dan kuchli, ammo M1 Pro va M1 Maxʼdan ortda qoladi.
Qayd etilishicha, bunday chip nafaqat MacBook Pro, balki yangilangan MacBook Air, Mac mini va 24 dyuymli iMacʼga ham oʻrnatiladi. Avvalroq Bloomberg Apple kompaniyasi 2022-yilda taqdim etishni rejalashtirayotgan qurilmalar roʻyxatini eʼlon qilgan edi.