Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilda Oʻzbekiston 36 ta xorijiy davlatlardan qiymati $1,9 mln ga teng boʻlgan qariyb 333 tonna kofe mahsulotlarini import qilgan.
Kofe mahsulotlari importi 2020-yil bilan solishtirilganda 2,7 tonnaga oshgan.
Mamlakatimizga eng koʻp qahva Rossiyadan kirib kelgan:
- Rossiya — 102,3 tonna
- Italiya — 95,2 tonna
- Braziliya — 49 tonna
- Vyetnam — 23,2 tonna
- Belorus — 17,6 tonna
- Turkiya — 8,2 tonna
- Kolumbiya — 7,7 tonna
- Germaniya — 6,3 tonna
Mavzuga doir: Yoʻl yoqasidagi gastromarket: Armen Saakyan Butcoin biznes-modeli, Starbucks sotuvi va demping haqida.