Sonyʼning yangi TWS quloqchinlari tez orada sotuvga chiqishi kerak — sizdirilgan maʼlumotlardan birida Linkbuds WF-L900 modeli tasvirlangan. Yaponiya konsernining yangi aksessuari oʻziga xos dizayni bilan ajralib turadi.

Sony simsiz naushniklari haqidagi maʼlumotlar Twitterʼda paydo boʻldi. Linkbuds WF-L900 modeli, shubhasiz, oʻzining original dizayni bilan eʼtiborni tortadi.

Uskuna klassik quloqchinlarga oʻxshamaydi — buning oʻrniga ikkita bogʻlangan kichik doiraga mavjud, ulardan biri quloqqa joylashtiriladi, ikkinchisi esa quloqchinning turgan holatini barqarorlashtiradi.


Eshitish vositalari, shuningdek, quloqqa taqilganini aniqlaydigan maxsus datchik bilan jihozlangan boʻladi. Ehtimol, ushbu aksessuarni boshqarishga imkon beruvchi sensorli panel ham boʻladi.

Ehtimoliy foydalanuvchilar, shuningdek, faol shovqinni bekor qiluvchi texnologiya mavjudligini intiqlik bilan kutishmoqda. Quloqchinlar bozorda ikki xil rangda paydo boʻladi: qora va oq. Uskuna bozorga qanday narxda chiqishi hozircha nomaʼlum.

Avvalroq Spot Sony kompaniyasiga asos solinish tarixi va muvaffaqiyat yoʻli haqida maʼlumotlar tayyorlagan edi.