Motorola 24-fevral kuni Edge flagman seriyasidagi yangi smartfonni taqdim etadi.
Motorola kompaniyasi 28-fevralda ochiladigan Mobile World Congress (MWC) mobil texnologiyalar koʻrgazmasi oldidan Edge oilasining yangi smartfoni debyut qilishini eʼlon qildi.
Taqdimotda qanday model paydo boʻlishi haqida hech narsa aytilmagan. Biroq kuzatuvchilar Motorola kompaniyasi internetda tarqalayotgan Moto Edge 30 Pro flagman qurilmasini eʼlon qiladi deb hisoblamoqda.
Mavjud maʼlumotlarga koʻra, smartfon sakkiz yadroli protsessor Qualcomm Snapdragon 8 Gen 1 va Snapdragon X65 5G modemi, 8/12 Gb tezkor xotira va 128/256 Gb sigʻimli flesh-xotiraga ega boʻladi.
Smartfon Full HD+ formatidagi 6,7 dyuymli 1080×2400 pikselli OLED displeyi va 144 Gtsgacha yangilanish tezligiga ega. Qurilma 60 megapikselli old kamera va 50 + 50 + 2 mln piksel konfiguratsiyali uch tomonlama kamera bilan jihozlanadi.
Quvvat 68 vattli tez zaryadlashni qoʻllab-quvvatlaydigan 5000 mA/soat batareya bilan taʼminlanadi. Yangi qurilma Android 12 operatsion tizimi bilan savdoga chiqadi.
Avvalroq Spot Oʻzbekiston Xitoydan $102,4 millionlik mobil telefon import qilganligi haqida yozgan edi.