VK sobiq rahbari Boris Dobrodeyev milliarder Alisher Usmonovning USM holdingi tarkibiga USM Telecom kompaniyasi bosh direktori etib tayinlandi. Dobrodeyev VKʼni 2021-yil dekabr oyida holding egasi oʻzgarganidan keyin tark etgandi.
“PARK-Interfaks” maʼlumotlariga koʻra, USM Telecom rahbariyati oʻzgarishi 8-fevral kuni sodir boʻldi. USM vakili Forbes nashriga Dobrodeyevning tayinlanishi haqidagi maʼlumotni tasdiqladi.
USM Telecom kompaniyasini Ivan Streshinskiy boshqargan — u Alisher Usmonovning USM holdingi rahbari boʻlib qolmoqda.
Boris Dobrodeyev — VGTRK rahbari Oleg Dobrodeyevning oʻgʻli. U VK egasi oʻzgargandan soʻng 2016-yildan beri egallab kelgan kompaniya bosh direktori lavozimini tark etishga qaror qildi.
PLUSworld portalining eslatishicha, dekabr oyida Alisher Usmonovaning USM kompaniyasi VK kapitalidan chiqib ketganini maʼlum qilgan edi.
USM kompaniyalar guruhi konchilik va metallurgiya ((“Удоканская медь”, “Металлоинвест”), shuningdek, aloqa va IT (“Мегафон”, ICS Holding) sohasidagi aktivlarni birlashtiradi. USMning asosiy aksiyadori milliarder Alisher Usmonov hisoblanadi.